Savollaringiz bormi?

30 daqiqa ichida Siz bilan bog‘lanib, savolingizga javob beramiz

So'rovingiz jonatildi!

Автор и ведущий:

Samvel Avetisyan

Trening mavzusi:

Instant Marketing: zamonaviy marketing nazariyasi va amaliyoti

Muallif va olib boruvchi: Samvel Avetisyan

Samvel Avetisyan, marketolog, marketing o‘qituvchisi. “Arxideya” marketing kompaniyasi boshqaruvchi sherigi. 1995-2005 yillarda Tinkov loyihalari marketing xizmatini boshqargan. Qator brendlar: Pikador, Texnoshok, Darya, Pivo T, Mechta xozyayki, Moya semya va yana yigirmatadan ziyod boshqa brendlar yaratishda qatnashgan. Mijozlar sirasida – Rossiya bozorining FMCG tarmog‘iga oid aksariyat kompaniyalar. Marketing to‘g‘risidagi "Mejdu klizmoy i xarizmoy" xotiralar kitobi muallifi. Besh karra ota va boshlovchi bobo.

Trening mavzusi:

Instant Marketing: zamonaviy marketing nazariyasi va amaliyoti

Trening asosiy mavzulari:

  • marketing nima va tadbirkor uchun u nega kerak?
  • marketingning asosiy funksiyalari va u ta'sir ko‘rsatuvchi ob'ektlar
  • eski marketing qachon va nima sababli ish bermay qo‘ydi, uning zarari nimada?
  • bugun qanday marketing talabgir?
  • zamonaviy marketingning asosiy vazifasi
  • marketing samaradorligi qanday o‘lchanadi?
  • marketing xizmati faoliyati qanday baholanadi?
  • marketing xizmati rentabelligini bir necha barobarga oshirish yo‘llari

Trening dasturi

1

Bozor – bu nima?

  • almashtirish tipologiyasi
  • bozorning tarmoqdan farqi
  • bozorning yashirin resurslari
  • remarketing va demarketing: u nima va nega kerak?
  • remarketingning repozitsiyalashuvdan farqi
  • qadriyatlar segmentatsiyasi
2

Hamjamiyatlardan foydalanish strategiyasi

  • Komyunitini maqsadlarga erishishga integratsiyalash
  • Qanday qilib harakatlarni ijtimoiy omillar orqali rag‘batlantirish mumkin
  • Samaradorlikni baholash
  • Falokatga olib keluvchi asosiy xatolar
  • Muvaffaqiyatli hamjamiyatning 5 tarkibiy qismi
3

Iste'molchi kim?

  • ehtiyojlar tasnifi va ierarxiyasi
  • tanlov: ta'rif, motivlar va mezonlar
  • tanlovning yashirin mexanizmlari
  • tanlov – o‘zini identifikatsiyalash sifatida
  • mahsulotni emas, hayot tarzini tanlaydilar
  • kim iste'molchi sanaladi?
4

Nima sotamiz?

  • mahsulot nima?
  • mahsulot qachon “boshlanadi”?
  • qachon mahsulot yo‘qolib, brend boshlanadi?
  • nega mahsulot emas, brend ishlab chiqarish foydaliroq?
  • mahsulotning utilitar va ramziy xususiyatlari
  • qayta kodlashtirish nega zarur?
  • bir mahsulotni nihoyasiz sotish yo‘li
5

Instant Marketing – kelajak marketingi

  • samarali bo‘lishi uchun marketing ko‘zga ko‘rinmasligi kerak
  • hissiyotlar marketingidan – ishtirok marketingiga
  • iste'molchi – kommunikatsiyalarning eng samarali kanali
  • reklama sotmaydi, sotmagan va sota olmaydi ham
  • reklama – mahsulotning uzviy qismi
  • reklama – tanlovni oqlash o‘rnida
  • nega reklamada mahsulotni ko‘rsatmaslik kerak?
6

Marketing xizmati tashkiliy tuzilmasi

  • marketing xizmati mahsulot bilan ham, sotuv bilan ham shug‘ullanmaydi
  • marketologga asosiy talablar va uning vakolati
  • marketing xizmati samaradorligi o‘lchamlari
  • brendni tanish va unga sadoqat: qanday o‘lchanadi?
  • marketing qanday rejalanadi?
  • byudjet qanday shakllanadi?
Treninglar