Savollaringiz bormi?

30 daqiqa ichida Siz bilan bog‘lanib, savolingizga javob beramiz

So'rovingiz jonatildi!

Yaxshi

Baxtiyer To’xtayev

Promarketing


Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining Biznes boshqaruvi bo‘yicha birinchi bitiruvchilaridan. Ta'limni chet elda davom ettiradi: dastlab Ispaniyada (Santyago de Kompostel universitetida moliya ishi bo‘yicha magistratura), keyin Buyuk Britaniyada (Vestminster universiteti marketing kommunikatsiyalari yo‘nalishi, qizil diplom bilan yakunlagan) – bu yerda u G‘arb marketing maktabini batafsil o‘rgandi. Toshkentga qaytgach, jonajon Universitetida ishlashda davom etdi va 2009 y.da Facebookdagi birinchi OTM sahifasi tashabbuschisi bo‘ldi (u payt nafaqat OTM, balki yirik kompaniyalar ham bu tarmoqda mavjud emasdi), qator biznes-loyihalarni rivojlantirishda qatnashdi, ular qatorida:

 - Bon! qahvaxonalar tarmog‘i (birinchilardan bo‘lib e-mail marketing va NPS tizimi bo‘yicha baholashni kiritdi (2010 y.);

- East-Telecom provayderi (ichki resurslar monetizatsiyasi tizimini joriy etdi);

- Clarion kompaniyasi vakolatxonasi (avtoovoz ishlab chiqaruvchisi);

- Makro supermarketlar tarmog‘i va boshqalar.

 

2011-2018 yillarda Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ma'ruza o‘qidi, ularda o‘z tajribasidan olib, marketingga oid voqyeiy namunalar bo‘yicha keyslar keltirdi. Shuningdek, ushbu OTMdagi turizm maktabiga rahbarlik qildi.

Hozirda o‘zining Promarketing.uz marketing maktabida kurslar yuritadi (ular yosh mutaxassislar va tadbirkorlarning marketing sohasidagi malakasini oshirishga yo‘naltirilgan), shuningdek konsalting va marketing sohasidagi FIVE5 AGENCY agentligiga rahbarlik qiladi, u yerda kichik va o‘rta biznesga konsultatsiyalar beradi.

Ham o‘zbek, ham rus, ham ingliz tillarida konsultatsiya berishi mumkin bo‘lgan marketing sohasidagi noyob mutaxassislardan biri sanaladi. Bundan tashqari, Milliy marketing markazi eksperti va MAKON 2019 spikeri sanaladi.